Pokiston diplomatlari maoshsiz qoldi
Bir necha oydan buyon Respublikada valyuta yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammo kuzatilmoqda.

Pokistonning ayrim xorijiy davlatlardagi diplomatlari bir necha oydan buyon maosh olmayapti. Bu haqda Business Recorder xabar berdi.
Uning maʼlumotlariga ko‘ra, Fransiya, Germaniya, AQSH, O‘mon, Eron, Turkiya va Afg‘onistondagi diplomatik xizmatchilarga 3-4 oydan beri haq to‘lanmayapti. Bunga respublikada valyuta yetishmovchiligi sabab bo‘lmoqda. Diplomatlar Pokiston TIVni xarajatlarni qoplash bo‘yicha qiyinchiliklar yuzaga kelganidan ogohlantirgan.
2022 yil oktyabridan buyon Pokiston Markaziy bankining valyuta rezervlari kamaymoqda. 31 oktyabr holatiga ko‘ra, uning miqdori 8.75 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2 dekabrda bu 6.71 milliard dollarga tushib qoldi.







