Ukraina harbiy yordamni noqonuniy maqsadlarda ishlatganmi?
So‘z Pentagonga.

Ukrainaning G‘arb harbiy yordamini noqonuniy ishlatayotgani haqida AQSHda maʼlumot yo‘q. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder maʼlum qildi.
"Ukrainaga yordam noqonuniy maqsadlarga yo‘naltirilgani haqida biror maʼlumotga ega emasmiz. Fikrimcha, jang maydonidagi natijalar bu haqda gapirish shart emasligini ko‘rsatadi", — degan amaldor.
Shu bilan birga matbuot kotibi Ukrainaga Patriot tizimlarining yetkazib berilishi haqida hech narsa deya olmasligini aytgan. Bundan avval CNN telekanali ushbu zenit-raketa qurilmalari Kiyevga berilishi to‘g‘risida xabar qilgandi.







