Ijtimoiy tarmoq siyosiy maydon emas—Erdog‘an
Turkiya rahbari Ilon Mask bilan gaplashib olmoqchi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Twitterʼning avvalgi rahbariyati bilan bog‘liq muammolardan so‘ng tarmoqning yangi egasi Ilon Mask bilan muzokara o‘tkazishni istisno qilmadi.
Erdog‘anning Twitter bilan mumkin bo‘lgan harakatlari haqida so‘ragan muxbirga Turkiya yetakchisi quyidagicha javob qaytargan:
“Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, biz Ilon Mask bilan o‘tirib gaplashamiz. Hech bo‘lmaganda telefon qo‘ng‘irog‘i qilamiz. Twitter haqida ham, kosmos haqida ham gaplashishimiz mumkin. Lekin men avval aytganimdek, ijtimoiy tarmoq siyosiy maydon emas. Biz ijtimoiy tarmoqlar tufayli siyosat yoki diplomatiyada muvaffaqiyatga erishmadik. Siyosat to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalq bilan va xalq uchun amalga oshiriladi. Agar siz xalqingiz bilan samimiy aloqada bo‘lsangiz, na Twitter, na boshqa kuchlar bunga aralasha olmaydi”, dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdog‘anni qo‘llab-quvvatlovchi heshteglar bloklangan yoki kun tartibidan olib tashlangan holatlar mavjudligi xabar qilingandi.








