Moldova “Gazprom”ni sudga bermoqchi
Rus kompaniyasi shartnomani bajarmagan.

Moldova Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasini mamlakatda energetika inqirozi yuzaga kelgani va shartnomani bajarmagani uchun sudga berishga tayyor.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning gaz yetkazib berishni qisqartirish qarori tufayli Moldova bozordan resurslar sotib olishga majbur bo‘lgan.
"Shunday qilib, Rossiya Federatsiyasi shartnomani buzdi va o'z majburiyatlarini e'tiborsiz qoldirdi. "Gazprom" Moldova tomonini shartnomani bekor qilish yoki o'zgartirish haqida ham ogohlantirmagan. Biz qo'shimcha kompensatsiya talab qilamiz, chunki ular tufayli biz boshqa segmentlardan pullarni qayta taqsimlashimiz, kredit olishimiz kerak bo'ldi. Biz "Gazprom" bilan shartnoma imzoladik va bu shartnomaga umid qildik”, - deyiladi xabarda.
Mamlakat rasmiylarining aytishicha, Rossiyaning xatti-harakatlari nafaqat Moldovani energetika inqiroziga olib kelgan, balki Yevropada ham muammolarni keltirib chiqargan.







