2023-yilda Rossiya bizga yana hujum qiladi—Zelenskiy
Ukraina rahbari yangi yilda mamlakatga yangi hujumlar uyushtirilishini aytdi.

2023-yilda Rossiya yangi hujumlar uyushtiradi, chunki ruslar bundan hech qachon voz kechmagan va qasos olishga tayyor. Bu haqda prezident Vladimir Zelenskiy aytib o‘tdi.
“Ha, biz Rossiyaning 2023-yilda yangi hujum qilishini yaxshi bilamiz, ularning qasos olish istagini tushunishimiz mumkin. Mamlakatimizga hujum qilish, hududimizni egallash ularning asosiy istagi bo‘lib qolmoqda. Ular bu loyihadan hech qachon voz kechishmagan. Lekin savol shundaki, ular bunga qodirmi? Biz esa bunga dosh bera olamiz”, — dedi davlat rahbari.








