Andijonda poyezd “Damas”ni urib yubordi
Holat bo‘yicha viloyat IIB maʼlumot berdi.

Bugun, 17-dekabr kuni Andijon viloyatining Izboskan tumanida poyezd va Damas ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati maʼlumot berdi.
Hodisa soat 13:50 larda Izboskan tumani hududidan o‘tgan “Poytug‘” temiryo‘l oralig‘i 169-kilometr 10-piketda joylashgan qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida yuz bergan. Unda UZLR 0307-sonli elektrovoz hamda Damas o‘zaro to‘qnashgan.
Maʼlum bo‘lishicha, 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro B.Yo. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomashinasida temiryo‘l kesishmasidan o‘tayotgan vaqtida tuman tushganligi sababli harakatlanib kelayotgan elektrovozni ko‘rmay qolishi oqibatida uning yo‘liga chiqib yuborgan.
Hodisa oqibatida Damas haydovchisi tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.








