O'zbekiston

Dori allergiyasi inson hayotiga zomin bo‘lishi mumkin

Mutaxassis uning oqibatlari haqida maʼlumot berdi.

Dori allergiyasi inson hayotiga zomin bo‘lishi mumkin

 

Dori allergiyasi to‘satdan boshlanib, inson hayotini jiddiy xavf ostida qoldiradi. Bu haqda Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori Ilmira Razikova maʼlumot berdi.

 

Mutaxassisga ko‘ra, Layella sindromi, avvalo, teri qatlami va shilliq qavatlarni zararlaydi. Bemorlarning butun badanini toshmalar qoplaydi.

 

Kasallikning ilk bosqichi ko‘zlarning achishishi, bosh, mushak va teridagi og‘riqlar, tana harorati ko‘tarilishi, holsizlik kabi belgilar bilan boshlanadi.

 

Ikkinchi bosqichda yuz, oyoq va qo‘llarda og‘riq beruvchi qizil toshmalar paydo bo‘lib, ular bora-bora ko‘k-kulrang tusdagi qabariqchalar shakliga kiradi.

 

Uchinchi bosqichda tana bo‘ylab pufakchalar hosil bo‘ladi. So‘ng ular yorilib, jarohatlar yuzaga keladi. Bu bosqichda og‘riqlar kuchayadi. Badan terisi ikkinchi yoki uchinchi darajali termal kuyish ko‘rinishiga o‘tadi. Xastalik og‘iz bo‘shlig‘i, ko‘z konyunktivasi, jinsiy aʼzolar, nafas olish va ovqat hazm qilish aʼzolariga ham salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

 

To‘rtinchi bosqichda bemorda tashnalik, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, xotira susayishi kuchayadi.

 

Xastalikning eng og‘ir shaklida alomatlar 3-4 soat ichida rivojlanib, toshmalar tananing 80-90 qismini egallaydi. Bundan ichki organlar ham zararlanib, miya faoliyati buziladi. Bemorlarning 95 foizi ana shu ilk belgilar boshlanganidan so‘ng bir necha kun o‘tib hayotdan ko‘z yumadi.

 

Layella sindromining o‘tkir shaklida jarayon birmuncha sekinroq kechadi. Bora-bora yurak, jigar, o‘pka va buyraklar ishdan chiqib, taxminan 15-20 kundan keyin bemorlarning 60 foizi vafot etadi.

 

Kasallikning oddiy shaklida toshmalar tananing 50 foizdan kamroq qismini qoplaydi va 1-2 oy o‘tib, organizm tiklanadi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Dori allergiyasi inson hayotiga zomin bo‘lishi mumkin | Zamon.uz