Rim Papasi: Ukrainada jahon urushi ketmoqda
Fransisk mojaroning yakunlanishi muddati bo‘yicha fikrlarini bildirdi.

Rim Papasi Fransisk Ukrainadagi qurolli mojaroni “jahon urushi” deb atadi. Uning fikricha, nizo yaqin orada yakunlanmaydi.
“Hozir Vladimir Zelenskiy mening oldimga uchinchi marta diniy maslahatchilaridan birini jo‘natmoqda. Men aloqadaman, uni qabul qilaman, yordam beryapman”, – degan u ispan gazetalaridan biriga bergan intervyusida.
Fransiskning fikricha, mojaro o‘rta istiqbolda yakunlanmaydi. Rim Papasi urushga “bir necha qo‘l” aralashganini va manfaatlar ko‘pligini taʼkidlagan.








