Jahon

Shahzoda Garri va Megan qarindoshlari bilan uchrashishga tayyor

Ular qirollik oilasidan kechirim so‘rashlarini kutishmoqda.

Shahzoda Garri va Megan qarindoshlari bilan uchrashishga tayyor

 

Shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasi bilan uchrashib, ularning o‘zlaridan kechirim so‘rashini istamoqda. Bu haqda “The Times” nashri yozmoqda.

 

Gazetaning qayd etishicha, er-xotin qirollik oilasi ularga yetkazgan “og‘riq va zarar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini” istaydi.

 

2021-yil mart oyida qirolicha Yelizaveta II Garri va uning rafiqasi bilan janjallashdi. Keyin Megan va Garri amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfriga intervyu berishdi: unda Megan erining qarindoshlari tomonidan bosimga duch kelganini va o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylaganini aytdi. Meganning so‘zlariga ko‘ra, qirollik oilasining baʼzi aʼzolari uning birinchi o‘g‘lining “terisi qanchalik qora bo‘lishidan” xavotirda bo‘lgan. Bukingem saroyi bu intervyuni qirollik oilasiga qarshi “urush eʼloni”  sifatida qabul qilgan.

 

2021-yil avgust oyida shahzoda Garrining xotiralarini yodga olib bergan yana bir intervyusi tufayli mojaro yana avj oldi. Yelizaveta nabirasi va uning rafiqasining tanqidlari tufayli g‘azablangan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Shahzoda Garri va Megan qarindoshlari bilan uchrashishga tayyor | Zamon.uz