Toshkentda fuqarolar hayotini xavfga qo‘yib saqlanayotgan neft mahsuloti aniqlandi
Holat bo‘yicha vazirlik maʼlumot berdi

16-dekabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zneftgazinspeksiya», huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ishchi guruh aʼzolari ishtirokida nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirlar davomida neft mahsulotlaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Xususan, Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi Chirchiq bo‘yi ko‘chasida joylashgan “HETING OIL” MCHJga qarashli hududda nostandart metall sig‘imlar va yelim idishlar hamda sintetik qoplarda saqlanayotgan jami 27 980 litr neft mahsuloti aniqlangan.
Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi «Qoplonbek» chegara posti yaqinida joylashgan, avtoturargoh ichida bo‘lgan 86 dona 10 litrlik nostandart yelim idishlarda jami 860 litr neft mahsulotlari yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga zid ravishda, fuqarolarning hayotini xavfga qo‘ygan holda saqlanayotganligi maʼlum bo‘lgan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.








