Andijonda tuman sabab 10 ga yaqin mashina YTHga uchradi
Holat bo‘yicha viloyat IIB maʼlumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon–Shahrixon yo‘lida quyuq tuman tushgani va yo‘l muzlagani sababli o‘nlab mashinalar ishtirokida YTH sodir bo‘lgani aytilgan videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, Asaka tumani hududidan o‘tgan A373 xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘lning 420-kilometrida 8 ta avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Avtotransport vositalari texnik shikastlangan. Hozirda Asaka tumani YHXG tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan ayni kunlardagi noqulay ob-havo sharoitida tezlikni oshirmasdan, oraliq masofani saqlagan holda harakatlanishlarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.








