Bayden Kiyevga boradimi?
Bunga qadar AQSHning qator oliy martabali amaldorlari Ukraina poytaxtiga tashrif buyurgandi.

AQSH prezidenti Jozef Bayden xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat tufayli Kiyevga bormoqchi emas. Bu haqda Oq uy amaldorlariga tayanib Politico xabar berdi.
“Hozirda xavfsizlik bilan bog‘liq tahdidlar tufayli Baydenning Kiyevga borish rejasi yo‘q”, — degan administratsiya vakillaridan biri.
Hozirga qadar Ukrainaga Amerikaning bir qator oliy martabali amaldorlari tashrif buyurgandi. Xususan, noyabr boshida AQSH prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘y icha maslahatchisi Jeyk Sallivan Kiyevga borgandi.







