O'zbekiston

Kosonda Spark YTHga uchrab, ikki kishi vafot etdi

Holat bo‘yicha viloyat IIB maʼlumot berdi.

Kosonda Spark YTHga uchrab, ikki kishi vafot etdi

 

Bugun, 19-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sobir bo‘ldi. Holat bo‘yicha viloyat IIB maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, avtohalokat soat 07:15 larda xalqaro ahamiyatdagi A-380 G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu avtomobil yo‘lining 73-kilometrida, Koson tuman “Pudina” QFY hududida yuz bergan. Mirishkor tumani “Zafarobod” MFYda yashagan haydovchi B.N. Spark rusumli avtomashinani Qarshi–Koson yo‘nalishida boshqarib borib, bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan, Koson tumani Mudin qishlog‘ida yashovchi M.D. boshqaruvidagi GAZ-53 rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

 

YTH oqibatida Spark haydovchisi B.N. olgan og‘ir tan jarohati sabab voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomashina yo‘lovchisi N.S. esa olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Kosonda Spark YTHga uchrab, ikki kishi vafot etdi | Zamon.uz