O'zbekiston

"O‘zbekiston ko‘p tomonlama diplomatiya tamoyillariga sodiqligini namoyon etmoqda" — Norov

Тashqi ishlar vaziri mamlakatning qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligiga to‘xtaldi.

"O‘zbekiston ko‘p tomonlama diplomatiya tamoyillariga sodiqligini namoyon etmoqda" — Norov

 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov “Yangi O‘zbekiston - o‘zgaruvchan va o‘zaro bog‘liq dunyoda ishonchli hamkor” mavzusida davra suhbati chog‘ida mamlakatning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligiga alohida eʼtibor qaratdi.

 

Norovning taʼkidlashicha, O‘zbekiston ko‘p tomonlama diplomatiya tamoyillariga qatʼiy rioya qilib, xalqaro institutlar bilan muloqot doirasida yangi ufqlarni ochmoqda.

 

Xususan, mamlakat Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) global muammolarni hal qilish va xalqaro xavfsizlikni taʼminlashda markaziy rolini mustahkamlash tarafdori.

 

Davra suhbati ishtirokchilarining eʼtibori O‘zbekiston rahbarining Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha yig‘ilish maydonida eʼlon qilingan BMT shafeligida Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro muzokaralar guruhini tuzish taklifiga qaratildi.

 

“O‘zbekiston rahbari tomonidan ilgari surilgan bu va boshqa ko‘plab tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish barcha yutqazadigan qarama-qarshiliklar va raqobatdan holi bo‘lgan keng ko‘lamli mintaqalararo hamkorlikni shakllantirishga imkon beradi”, — dedi vazir.

 

O‘zbekiston TIV rahbari mamlakatning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi (SHHT) raisligi haqidagi fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi.

 

Mazkur tuzilmada respublika raisligi transport, sanoat kooperatsiyasi, energetika, oziq-ovqat va ekologik xavfsizlik, innovatsiya, raqamli transformatsiya va yashil iqtisodiyot kabi ustuvor yo‘nalishlardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi strategik qirralarini ochishga qaratilganligi qayd etildi.

 

Ushbu jabhalarning har biri bo‘yicha hamkorlari bilan birgalikda rekord miqdordagi hujjatlar qabul qilindi. Bu SHHTga aʼzo barcha davlatlarining ko‘p qirrali aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdorligini ko‘rsatmoqda.

 

“Bu tarkibi yangi ishtirokchilar bilan kengayib, xalqaro nufuzi mustahkamlanib borayotgan tashkilotdan juda yaxshi va ijobiy signaldir”, — dedi u.

 

O‘zbekiston ko‘p tomonlama diplomatiyasi haqida so‘z yuritar ekan, Vladimir Norov Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) Samarqanddagi sammitini ham eslatib o‘tdi. Ushbu tadbir tashkilotning o‘zaro hamkorlik platformasidan savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar sohalarda amaliy muloqot bo‘yicha to‘laqonli mintaqaviy tashkilotiga aylanish dasturini tasdiqladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"O‘zbekiston ko‘p tomonlama diplomatiya tamoyillariga sodiqligini namoyon etmoqda" — Norov | Zamon.uz