O'zbekiston

O‘zbekistonda davlat byudjeti xarajatlar salkam 20 trln so‘mga ortishi mumkin

Hukumatning YAIM bo‘yicha prognozlari eʼlon qilindi.

O‘zbekistonda davlat byudjeti xarajatlar salkam 20 trln so‘mga ortishi mumkin

 

Bugun, 19-dekabr kuni Oliy Majlis binosida Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Majlisda deputatlar  dastlab “2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini  ko‘rib chiqishmoqda.

 

Taʼkidlanishicha, qonun loyihasi va Byudjetnomada yalpi ichki mahsulotning o‘sish surati 5,3 foiz miqdorda bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Xususan, sanoat ishlab chiqarish hajmi 5,1 foiz, qurilish 6,0 foiz, qishloq xo‘jaligi 3,5 foiz, xizmatlar sohasi 6,7 foizga ortishi kutilmoqda. 2023-yilda mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 1068,0 trillion so‘mni, Davlat byudjeti daromadlari 232,1 trillion so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 21,7 foiz darajasida bo‘lishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, Qonun loyihasi bilan 2023-yildan boshlab konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshmasligi belgilanmoqda.

 

Davlat byudjetining xarajatlari (davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratiladigan transfertlar bilan birga) 257,7 trillion so‘mni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,1 foizni yoki 2022-yil kutilayotgan ijroga nisbatan 18,9 trln so‘mga ortishi prognoz qilinmoqda.

 

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"