Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston yetakchilari yana uchrashishi mumkin
O‘tgan haftada Turkmanboshidagi uch davlat rahbarlari uchrashuvida joriy masala muhokama qilingandi.

Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston yetakchilari energetika vazirlari uchrashuvidan so‘ng yangi sammit o‘tkazadi va turkman gazining Yevropaga eksportining “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an maʼlum qildi.
O‘tgan haftada Turkmanboshidagi uch davlat rahbarlari uchrashuvida joriy masala muhokama qilingandi.
“Biz joriy harakatlarni uch davlat tomonidan amalga oshirilishi imkoniyatlarini ko‘rib chiqdik. Ular “nega buni qilmasligimiz kerak” deyishdi. Va zarur ko‘rsatmalar berildi. Turkiya energetik vaziri jamoasiga Ozarbayjon va Turkmanistondagi hamkasblari bilan kerakli ishlarni amalga oshirish topshirildi. Turkman gazining Ozarbayjon orqali yetkazib berilishi harakatlarimizni osonlashtiradi”, – degan janob Erdog‘an.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya hududida xalqaro gaz xabini yaratish kun tartibidan allaqachon joy olgan. Erdog‘an Vladimir Putin bilan bu masalani bir necha bor muhokama qilganini aytgan.







