Andijon aeroporti faoliyati cheklandi
Bugun 3 ta aviareys bekor qilingan.

Haddan tashqari sovuq tuman tufayli ko‘rinish chegarasining pasayishi (50 M) Andijon xalqaro aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi. Bu haqda “Uzbekistan airports” xabar bermoqda.
Andijondagi noqulay sharoitlar tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY049 (Andijon — Samarqand), HY050 (Samarqand — Andijon), HY092 (Andijon — Toshkent) yo‘lovchi reyslari bekor qilingan.
Yo‘lovchilariga aeroport rahbariyati tomonidan chipta pulini qaytarish jarayoni haqida maʼlumot berilgan.
Andijon aeroporti maʼlumotlariga ko‘ra, o‘ta sovuq tuman ertagacha davom etishi kutilmoqda.








