KXSHTga yangi davlatlar qo‘shiladimi?
So‘z tashkilot bosh kotibiga.

KXSHTga yangi davlatlarning qo‘shilishi rejalashtirilmayapti. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Stanislav Zas maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, son ortidan quvish kerak emas. Janob Zasning fikricha, tashkilotning kengayishi uning samaradorligi oshishi doirasida amalga oshirilishi, bunda miqdor emas, balki sifat muhim.
“Hozirda bu masala ko‘rib chiqilmayapti. Unga oddiy yondashish maqbul emas”, – degan Bosh kotib.
Hozirgi kunda KXSHTga Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston aʼzo hisoblanadi.







