Ukraina “Yil mamlakati” deb topildi
Bu yil birinchi marta tanlov g‘olibi yaqqol ko‘rindi.

“The Economist” nashri Ukrainani “Yil mamlakati” deb topdi.
Maʼlum qilinishicha, oddiy paytlarda yil mamlakatini tanlash oson emas, lekin bu yil birinchi marta tanlov g‘olibi yaqqol ko‘ringan.
2013-yildan buyon bu unvon bir yil ichida eng yaxshi natijalarga erishgan mamlakatga beriladi.
“Ukraina qaysidir maʼnoda g‘ayrioddiy tanlov bo‘ldi, chunki fevral oyida Vladimir Putin o‘z mamlakatiga bostirib kirganidan keyin aksariyat ukrainaliklarning hayoti sezilarli darajada yomonlashdi”, — deyiladi xabarda.








