Xitoy Yevroittifoqni Tayvan masalasida ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi
Pekin Tayvan bilan rasmiy muloqotning har qanday shakliga qarshi.

Xitoy Yevropa Ittifoqi va Tayvan o‘rtasidagi rasmiy hamkorlikning har qanday shakliga qat’iy qarshilik qiladi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning ma’lum qildi.
Vazir dunyoda yagona Xitoy mavjudligini, Tayvan XXR hududining ajralmas qismi ekanligini, “yagona Xitoy” tamoyili esa xalqaro munosabatlarning umume’tirof etilgan asosiy me’yori ekanligini ta’kidlagan.
“Yevroparlament “Yagona Xitoy” tamoyiliga amal qilishi kerak. Xitoy Yevropa Ittifoqi va Tayvan o‘rtasidagi rasmiy muloqotning har qanday shakliga qat’iyan qarshi chiqadi, shuningdek, YeIni “Yagona Xitoy” tamoyiliga chin dildan rioya qilishga va bu borada ehtiyotkor bo‘lishga chaqiradi”, — dedi u.








