Zelenskiy Yevropadan harbiy yordam so‘radi
“Yangi qurollar urushni tezroq tugatishga yordam beradi”, — dedi u.

Vladimir Zelenskiy Skandinaviya mamlakatlariga murojaat qilib, Ukraina uchun qo‘shimcha harbiy yordam so‘radi.
“Shimoliy Yevropaning Qo‘shma Ekspedisiya Kuchlarida birlashgan o‘nta davlat rahbarlariga murojaat qildim. Mening murojaatim bugun juda aniq edi: qurollar, snaryadlar, yangi mudofaa qobiliyatlari... Bu urushning tugashini tezlashtirishga imkon beradigan hamma narsa. Bizni tinglagani uchun sammit ishtirokchilariga rahmat. Biz qurollarni yetkazib berish bo‘yicha yangi qarorlarni kutmoqdamiz”, — degan u.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatga ko‘proq qurol, snaryadlar, shuningdek, Ukrainaga hali berilmagan zamonaviy tanklar va uzoq masofaga uchuvchi raketa tizimlari kerak.








