Donald Trampning soliq deklaratsiyalari chop etiladi
Sobiq prezident pullarni qayerga sarflagani ochiqlanadi

AQSH Kongressi vakillar palatasining kirimlar va chiqimlar qo‘mitasi sobiq prezident Donald Trampning soliq deklaratsiyalari chop etilishini maʼqulladi. Gap 6 yillik davrga tegishli deklaratsiyalar haqida ketmoqda.
Uning doirasida Trampga aloqador 8 ta kompaniya maʼlumotlari ham ochiqlanishi kutilmoqda.
Donald Trampning 2015-2020 yillardagi deklaratsiyalari uning “ulkan operatsion xarajatlarni qayd etib, keyinchalik ulardan soliq majburiyatlaridan qochish uchun uzoq yillarga o‘tkazish” odatini ko‘rsatdi.
Soliq bo‘yicha qo‘mita Trampning deklaratsiyalarida 2015 yil uchun 105 mln, 2016 yilda 73 mln, 2017 yilda 45 mln, 2018 yilda 23 mln dollar zararni aniqlagan. Shuningdek, sobiq prezident deklaratsiyasiga xayriya ishlari uchun soliq imtiyozlarini qo‘shgan, qo‘mita bu pullar nimaga sarflanganini bilmoqchi. Tramp 2016-2017 yillarda 3,1 mln dollarni xayriyaga sarflaganini bildirgan.







