Jahon

Jahon banki Ukraina ehtiyojlari uchun yana 610 mln dollar ajratadi

Jahon banki Ukrainani tibbiy xizmatni rivojlantirish va tiklash borasida ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Jahon banki Ukraina ehtiyojlari uchun yana 610 mln dollar ajratadi

 

Jahon banki “Ukrainaning shoshilinch ehtiyojlari uchun” 610 mln dollar ajratadi.

 

Yordam paketi Xalqaro tiklanish va rivojlanish bankining Buyuk Britaniya kafilligi ostida 500 mln dollar kreditini ham o‘z ichiga oladi. Bu mablag‘ Ukraina hukumatining bolalar va oilalar uchun nafaqa, davlat ishchilari maoshlari va kommunal to‘lovlarni qoplashiga sarflanadi.

 

Shuningdek, Jahon banki Ukrainani tibbiy xizmatni rivojlantirish va tiklash borasida ham qo‘llab-quvvatlaydi. Dastlab moliyalashtirish Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (105 mln dollar) va Global moliyalashtirish fondi (10 mln dollar) evaziga bo‘ladi. Jahon banki keyinchalik moliyalashtirish 500 mln dollarga yetishini kutmoqda.

 

Ukrainadagi mojaro boshidan beri Jahon banki ukrainaliklarni qo‘llab-quvvatlashga 18 mlrd dollar ajratishni rejalashtirgan, shundan 15 milliardi ajratib bo‘lingan.

 

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

custom img

AQSh sudi yangi viza qoidalarini blokladi: jurnalist va talabalar uchun cheklovlar vaqtincha to‘xtatildi

Taklif etilgan yangi tartibga ko‘ra, xorijiy talabalar AQShda to‘rt yilgacha, jurnalistlar esa 240 kungacha qolishi mumkin edi.

custom img

Tramp muzokarani taklif qildi, Eron shart qo‘ydi

Eron rasmiysi AQSh bilan muzokaralar uchun belgilangan shartlarga amal qilinishini talab qildi.

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

custom img

Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi

Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"