Toshkentda AUDI yonib ketdi
Holat bo‘yicha IIBB maʼlumot berdi.

Bugun, 21-dekabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yo‘lda harakatlanib ketayotgan avtomashina yonib ketdi. Holat yuzasidan shahar IIBB maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa soat 16:50 larda Chilonzor tumani Kichik xalqa avtomobil yo‘lida, RSHTYOKIM qarshisida yuz bergan. 1979-yilda tug‘ilgan A.Sh. AUDI rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, motor qismida qisqa tutashuv yuzaga kelganligi sababli yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in hududiy Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘chirilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB hamda hududiy Favqulodda vaziyatlar bo‘limi masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








