Adliya vazirligi tizimida qancha korrupsiyaviy xavf-xatar aniqlangan?
Vazirlik matbuot kotibi ma’lumotlarni ochiqladi.

Adliya organlari va muassasalari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada takomillashtirish sohasida:
● davlat xizmatlarini ko‘rsatishing yangi shakllari joriy qilinishi natijasida 17 ta davlat xizmatini kompozit tarzda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi;
● Президент қарори ijrosi yuzasidan vazirlik zimmasiga yuklatilgan barcha vazifalar ijrosi ta’minlandi;
● Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti tasdiqlandi;
● mol-mulk va avtotransport vositalariga taqiq qo‘yish va undan chiqarishning elektron tartibini joriy etildi.
2022-yil avgust oyida Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi. Baholash natijalariga ko‘ra, Adliya vazirligi tizimida 109 ta korrupsiyaviy xavf-xatar aniqlangan (11 ta yuqori, 55 ta o‘rta, 43 ta past darajada).
Aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan joriy yilning 25 avgust kuni Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan 36 ta chora-tadbirdan iborat dastur tasdiqlandi.







