Qirg‘izistonda aniq fanlarni ingliz tilida o‘qitish taklif qilindi
Parlament deputati taʼlim tizimida til islohoti o‘tkazish zarurati haqida gapirdi.

Qirg‘iziston parlamentida ingliz tilini taʼlim tizimiga kiritish taklif qilindi. Ushbu tashabbus deputat Mirgul Temirbayeva tomonidan ilgari surilgan.
Uning fikricha, qirg‘iz tili va tarixini ona tilida, jahon tarixi, rus tili va adabiyotini rus tilida kimyo, biologiya, informatika va boshqa fanlarni ingliz tilida o‘qitish kerak.
“Ingliz tili fan va texnika tili. Uni taʼlim tizimining barcha bosqichlarida ishlatish kerak. OTMlarda pilot tizimida joriy etish lozim. Albatta, islohot uchun pul kerak, ammo Fikrimcha, bu ishni boshlasak, xalqaro tashkilotlar yordam beradi”, – degan deputat.
Temirbayeva ingliz tili qirg‘iz yoshlari uchun xalqaro maydonga yo‘l ochishiga ishonch bildirgan.
Qirg‘iziston Konstitutsiyasida qirg‘iz tili davlat tili sifatida mustahkamlangan. Rus tili rasmiy maqomga ega. Davlatning asosiy qonunida ingliz tili maqomi belgilanmagan.







