Jahon

Rossiya Qrimda xandaqlar qazimoqda. Bu nimani anglatadi?

Ukraina razvedkasiga ko‘ra, bu Kiyev tomonidan desant hujumining oldini olish uchun qilinmoqda.

Rossiya Qrimda xandaqlar qazimoqda. Bu nimani anglatadi?

 

Rossiya qo‘shinlari anneksiya qilingan yarimorolda xandaq qazishni boshladi. Ukraina razvedkasi bu Kiyev tomonidan desant hujumining oldini olish uchun qilinayotganiga amin.

 

Ukarinaliklarning shu yo‘l bilan janubda “ikkinchi front” ochishga kuchi va imkoniyati bormi?

 

1944 yil 6 iyun kuni ertalab Buyuk Britaniya, Kanada va Amerika qo‘shinlari Fransiya shimolidagi Normandiya plyajiga havo va dengiz hujumini amalga oshirgandi.

 

Bosib olingan Fransiya qirg‘oqlarini nazorat qilgan Germaniya kuchli mudofaa tizimini yaratgan bo‘lsada, ittifoqchilarning operatsiyasi muvaffaqiyatli bo‘ldi.

 

Ikkinchi frontning ochilishi fashistlar Germaniyasining qulashini ancha yaqinlashtirdi. Muvaffaqiyatli qo‘nish Gitlerga qarshi koalitsiya qo‘shinlarining kuchi va jasoratini namoyish etgandi.

 

Normandiyada voqealarini takrorlash mumkinmi?

 

15 dekabr kuni Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi Rossiya Qrimga qarshi ehtimoliy desant operatsiyasiga qarshi qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotganini maʼlum qildi. Razvedka maʼlumotlariga ko‘ra, «Molochnoe» qishlog‘i yaqinida  ruslar minalar va xandaqlar tarmog‘ini o‘rnatgan.

 

Dekabr oyi boshida Ukraina hukumatiga yaqin Telegram kanallari va OAVda Qrimning boshqa plyajlaridagi xandaqlar fotosuratlari paydo bo‘ldi.

 

“Ular dengiz qirg‘og‘i bo‘ylab xandaq qazishmoqda. Men tushunganimdek, Moskva juda xavotirda va Ukraina Qurolli kuchlarining hujumiga ishonishadi”, — deya izoh berdi Ukraina prezidentining Qrimdagi vakili Tamila Tasheva.

 

Rossiya tomonidan nazorat qilinadigan Qrim rasmiylari bu maʼlumotga hech qanday munosabat bildirmadi. Faqatgina anneksiya qilingan yarimorol rahbari Sergey Aksyonov 18 noyabr kuni hududda mahalliy aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida bir qancha “mustahkamlash ishlari” olib borilayotganini aytdi.

 

Ammo asosiy savol boshqacha: Ukraina armiyasi Normandiyani takrorlashi, yaʼni dushman qirg‘oqlariga tushishi mumkinmi?

 

1944 yil iyun oyida Ittifoqchilar operatsiyasida 156 000 askar va 7 000 ga yaqin kemalar qatnashgan.

 

“Biroq Ukraina zaxiralari ancha zaif. Kerakli kuch va vositalar deyarli yo‘q”, — dedi isteʼfodagi kapitan Andrey Rijenko BBSʼga.

 

Yagona desant kemasi “Yuriy Olefirenko” bundan 50 yil oldin suvga tushirilgan. U oltitagacha tank va 180 ga yaqin parashyutchini olib yurishi mumkin. Rossiya qo‘shinlari Ukraina kemasini keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan keyin yo‘q qilishga urinishlariga qaramay, u hali ham xizmat qilmoqda.

 

“Ammo qo‘nish operatsiyasida undan foydalanishning maʼnosi yo‘q”, — deydi Rijenko.

 

Avvalo, Ukraina dushman qirg‘oqlariga o‘tish xavfsizligini taʼminlashi kerak

 

“Qo‘shinlarni quruqlikka tushirish uchun o‘tish yo‘lining butun uzunligi bo‘ylab dengiz nazoratini taʼminlash kerak. Chunki ruslarning raketa va samolyotlari juda ko‘p, hatto biz fuqarolik kemalaridan foydalansak ham, ularni yo‘q qilish qiyin”, — deb yozgan u.

 

Mutaxassisning qayd etishicha, Qrim plyajlaridagi mudofaa inshootlar ruslar yarim orolni taktik desantlardan emas, balki Ukraina qo‘poruvchi guruhlari kirib kelishidan himoya qilishmoqchi.

 

Ukraina maxsus kuchlarining mobil guruhlari tinchgina qirg‘oqqa qo‘nishga va Rossiya armiyasining qirg‘oq infratuzilmasiga hujum qilishga urinishi mumkin, deb ishonadi Rijenko.

 

Bu qayerda va qachon sodir bo‘lishi mumkin?

 

Ukraina qurolli kuchlarida bunday operatsiyalar uchun zarur jihozlar mavjud. Misol uchun, Kiyev G‘arb ittifoqchilaridan bir necha o‘nlab rezina qayiqlarni oldi. Ular kichik va manevrli bo‘lib, bu jangovar qismlarni dushman qirg‘og‘iga kelishiga imkon beradi.

 

Rossiya allaqachon Ukraina Qurolli kuchlarining bunday operatsiyalarini boshlaganini eʼlon qilgan.

 

Xususan, 13 noyabr kuni “RIA Novosti” ukrainaliklarning Xerson va Nikolayev viloyatlari chegarasidagi Kinburn yoyiga hujum qilgani haqida xabar berdi.

 

Ukraina tomoni bu vaziyatga izoh bermadi, biroq “Janubiy” operativ qo‘mondonligi Kinburnni ozod qilish operatsiyasi hamon davom etayotganini maʼlum qildi.

 

14 noyabr kuni ertalab Ukraina Mudofaa vazirligi o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida ukrainalik harbiylar guruhining yengil qayiqlarda harakatlanishi tasvirlangan qisqa izohsiz videoni eʼlon qildi.

 

Harbiy doiralardagi manbalarga ko‘ra, Kinburnda rus qo‘shinlari qirg‘oqni xuddi Qrim plyajlaridan olingan fotosuratdagi kabi jihozlagan.

 

Ukraina tomoni xuddi shunday choralarni Odessa qirg‘og‘ida bosqinning boshida, Rossiya qo‘nishining haqiqiy xavfi mavjud bo‘lgan paytda amalga oshirgan edi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya Qrimda xandaqlar qazimoqda. Bu nimani anglatadi? | Zamon.uz