Stoltenberg yangi lavozimni egallashi mumkin
Keyingi yil sentyabrida u NATO bosh kotibi lavozimini tark etadi.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari lavozimini egallashi mumkin. Bu haqda Norvegiyaning TV2 telekanali xabar berdi.
Uning maʼlumotlariga ko‘ra, Stoltenbergning NATO bosh kotibligidagi vakolat muddati yakunlangach, yangi lavozimga o‘tkaziladi. Mart oyida alyans yetakchilari uning vakolatini 2023 yil 30 sentyabrga qadar uzaytirgandi.
Yens Stoltenberg Norvegiya sobiq bosh vaziri hisoblanib, 2014 yildan beri NATOni boshqarib keladi. Joriy yilning fevralida u hozirgi lavozimini tark etgach, Norvegiya milliy bankini boshqarishi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.
2019 yilning 1 oktyabridan Kristalina Georgiyeva Xalqaro valyuta jamg‘armasi direktori bo‘lib kelmoqda. Uning vakolatlari 2024 yilda tugallanadi.







