AQSH Tayvan mustaqilligini qo‘llamaslikka vaʼda berdi
Entoni Blinken xitoylik hamkasbi Van I bilan telefon muloqotida bu bo‘yicha Vashington pozitsiyasini maʼlum qildi.

AQSH hamon “yagona Xitoy” tamoyiliga sodiq va Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda Davlat kotibi Entoni Blinken XXR tashqi ishlar vaziri Van I bilan telefon muloqoti paytida maʼlum qildi.
“Amerika tomoni AQSH va XXR o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning asosiy tamoyillarini muhokama qilishga, Amerika-Xitoy munosabatlarini masʼuliyatli boshqarish va ikki tomonlar manfaatiga xizmat qiladigan sohalarda hamkorlik qilishga tayyor”, – degan Blinken.
Diplomat Tayvan mustaqilligi Vashington tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligiga vaʼda bergan.
Tayvan 1949 yildan buyon o‘z administratsiyasi tomonidan boshqariladi. Rasmiy Pekin va jahon hamjamiyati orolni XXR tarkibidagi hudud deb hisoblaydi.







