Ayol bolasiga o‘yinchoq olib bermagani uchun otib o‘ldirildi
Jinoyatni uning o‘g‘li sodir etgan.

AQSHning Viskonsin shtatida 10 yoshli o‘g‘liga virtual reallik ko‘zoynagini olib berishdan bosh tortgani Kviana Mannga qimmatga tushdi. Bundan xafa bo‘lgan bola onasining xonasidan to‘pponchani olib yerto‘laga tushadi. Bu paytda ona kir yuvish bilan band edi.
Bola onasini otib tashlab, uning plastik kartasini olgan va o‘ziga mojaroning sababi bo‘lgan buyumni sotib olgan.
Ayni paytda kichkina jinoyatchi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha markazda saqlanmoqda. U dastlab qurolni shunchaki o‘ynayotganida bexosdan otilib ketganini aytgan.
Ammo biroz vaqt o‘tib u onasini atayin otib tashlaganini tan olgan. Shtat qonunlariga ko‘ra, og‘ir jinoyat sodir etgan bolalar ham javobgarlikka tortilishi mumkin. Onasini otib o‘ldirgan bolaga 60 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.







