Buxoroda madaniyat bo‘limi xodimi pora bilan ushlandi
Tezkor tadbir uning yashash uyida o‘tkazilgan.

Buxoro shahar madaniyat bo‘limi xodimi o‘z uyida pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum bo‘lishicha, madaniyat bo‘limi hisobchisi (1982-yilda tug‘ilgan) o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, boshqa bir fuqaroni aldab, uni madaniyat bo‘limiga kutubxonachi vazifasiga ishga kiritishni vaʼda qilgan va buning evaziga 2 mln 200 ming so‘m talab qilgan.
Joriy yilning 16-dekabr kuni Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u o‘zi yashab kelayotgan uyida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.







