Germaniya rasmiylari “Twitter” ustidan nazoratni kuchaytirmoqchi
Bunga Ilon Maskning platforma egasi bo‘lgani sabab bo‘lgan.

Germaniya Federal Iqtisodiyot vazirligi “Twitter”ning qisqa xabarlar xizmati uchun qoidalarni kuchaytirish masalasini ko‘rib chiqishga chaqirmoqda.
Germaniya Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vazirligi davlat kotibi Sven Gigold ijtimoiy tarmoqlarda «Twitter»ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi haqida yozdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga milliarder Ilon Maskning platforma egasi bo‘lgani sababdir.
"Twitter platformasi qoidalari, ularning keskin o‘zgarishlari va o‘zboshimchalik bilan qo‘llanilishi xavflarni keltirib chiqaradi. Deyarli soatlab o‘zgarib turadigan umumiy shartlar, havolalarni joylashtirish va jurnalistlarni bloklashda keng qamrovli cheklovlarni noto‘g‘ri asoslash erkin raqobatga tahdid soladi va so‘z, axborot, matbuot erkinligiga xavf tug‘diradi”, — deb qayd etgan Gigold Yevropa Komissiyasi vitse-prezidentiga murojaatida.
Tanqidiy maktublar, shuningdek, iqtisodiy ekspert komissiyasi va Monopoliya komissiyasi raisidan ham keldi.







