Isroil razvedkasi: Eron Rossiyaga qurol sotishni kengaytirmoqchi
G‘arb va Ukraina bir necha oydan buyon Moskvani Tehrondan dron va raketalar sotib olishda gumonlab keladi. RF vakillari buni rad etgan bo‘lsa-da, noyabr oyida Eron TIV Ukrainadagi mojarodan bir necha oy oldin Rossiyaga uchuvchisiz qurilmalarni sotganini tan olgandi.

Eron Rossiyaga qurol eksportini oshirmoqchi. Bu haqda Isroil razvedkasi “Mossad” direktori David Barnea maʼlum qildi.
“Biz Eron hukumati sir saqlamoqchi bo‘lgan harakatlar haqida ogohlantiramiz — ular Rossiyaga ilg‘or qurollarni yetkazib berishni oshirmoqchi va chuqurlashtirmoqchi. Shuningdek, ular uranni boyitish loyihasini ... kengaytirmoqchi”, – degan u.
Dekabr boshida AQSH Tehron va Moskva o‘rtasida to‘laqonli mudofaa hamkorligi ehtimolidan xavotir bildirgandi. Noyabrda Eron TIV Rossiyaga haqiqatdan ham dronlar sotilgani, ammo bu Ukraina urushidan bir necha oy oldin amalga oshirilganligini tan olgandi.
AQSHning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild 22 dekabr kuni Rossiyani Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalarini buzgan holda KXDR va Erondan qurol sotib olishda aybladi.







