Marokashdagi gaz omborida kuchli portlash yuz berdi
Yong'in atrofdagi uylarga ham zarar yetkazdi.

Marokashning Muhammadiya shahrida propan saqlaydigan stansiyada kuchli portlash yuz berishi oqibatida yong‘in kelib chiqdi.
Qayd etilishicha, avariya to‘satdan gaz sizib chiqishi bilan boshlangan. Hozirga kelib yong'in mahalliylashtirilgan. Yettita sisternaning har biri sakkiz tonnadan iborat bo‘lgan.
Hozirda port va uning atrofidagi hudud gaz omboridagi holat tufayli evakuatsiya qilingan. Qurbonlar haqida ma'lumotlar yo'q.







