Oq uy: "Putinning oshpazi" Shoygu bilan raqobatlashmoqda
"Vagner" xususiy harbiy kompaniyasining taʼsiri kuchayib bormoqda. Kompaniya asoschisi Yevgeniy Prigojin Ukraina mojarosi davomida eng taniqli shaxslardan biriga aylandi.

KXDR "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasiga qurol yetkazib bergan va yangi kelishuvlarga tayyorlanmoqda. Bu haqda Oq uy milliy xavfsizlik kengashining strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi maʼlum qildi.
"Biz uchun bir narsa aniq: "Vagner" Rossiya mudofaa vazirligi va boshqa idoralar bilan raqobatlasha oladigan yirik kuchga aylanmoqda", — degan amaldor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim harbiy qo‘mondonlar vaqti-vaqti bilan mudofaa vazirligi va oliy harbiy amaldorlarni tanqid qilmoqda, shuningdek, ular "Vagner" qo‘mondonligi ostiga o‘tyapti. Bularning barchasi kompaniya egasi Yevgeniy Prigojinning taʼsiri kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.
Kirbining qayd etishicha, o‘tgan oyda Shimoliy Koreya "Vagner"chilarga ilk qurollar yetkazib berdi. Ularning orasida piyodalar uchun yengil raketalar xam bor.







