O'zbekiston

20 ta idora tugatilib, vazirlik shtatlari 30 foizgacha qisqartiriladi

Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli Farmoni qabul qilindi.

20 ta idora tugatilib, vazirlik shtatlari 30 foizgacha qisqartiriladi

 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 20-dekabr kuni Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida hozirgi kunda davlat apparatida takrorlanish ko‘pligi, keraksiz shtatlar borligi, markazlashuv yuqoriligini, oqibatda bugungi murakkab masalalarga to‘g‘ri yechim topish uchun ortiqcha vaqt, kuch va resurs sarflanayotganini qayd etgan edi.

 

Shu munosabat bilan Davlatimiz rahbari ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tish, Hukumat, vazirliklar va hokimliklarning ish faoliyatini tubdan isloh qilish, ular faoliyatining mezoni sifatida faqat va faqat odamlarni rozi qilishni belgilash maqsadida keng ko‘lamli maʼmuriy islohotlarni ilgari surgan edi.

 

Uzoq tayyorgarlik ko‘rilgan va chuqur tahlil qilingan ushbu islohotlarni hayotga joriy etish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz hayotida tarixiy ahamiyatga ega hujjat – “Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon va uning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha qaror imzolandi.

 

Yangi farmon va qaror bilan nimalar o‘zgaradi?

Eng avvalo, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:

 

- Hukumatga bo‘ysunadigan ijro organlari soni 61 tadan 28 taga, shu jumladan vazirliklar soni 21 tagacha qisqartirilmoqda. Bunda, 20 ta idora to‘liq tugatilmoqda;

 

- barcha vazirliklarning shtatlari 30 foizgacha qisqartiriladi;

 

- ilg‘or xorijiy tajribalar asosida davlat boshqaruvi idoralari faqat vazirlik, qo‘mita, agentlik va inspeksiyadan iborat bo‘ladi. Bunda, vazirlik tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirishga masʼul bo‘lib, tarmoqqa kiruvchi qo‘mita, agentlik va inspeksiyalarga rahbarlik qiladi.

 

Farmonga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan Vazirlar Mahkamasi aʼzosi bo‘lgan ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining Vazirlar Mahkamasining tarkibiy tuzilmalaridan mustaqil ravishda Bosh vazir bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashi tizimi joriy etiladi.

 

Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar bo‘yicha kotibiyatlar, departamentlar va ular huzuridagi bo‘limlar, shuningdek, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash bo‘limi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limi tugatildi.

 

Farmonga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining soni 61 tadan 28 tagacha, shu jumladan vazirliklar soni 25 tadan 21 tagacha qisqartiriladi.

 

Shunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi tizimini quyidagi vazirliklar tashkil etadi:

 

  • Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
  • Tog‘-kon va geologiya vazirligi;
  • Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
  • Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
  • Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
  • Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;
  • Tabiat resurslari vazirligi;
  • Yoshlar siyosati va sport vazirligi;
  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
  • Suv xo‘jaligi vazirligi;
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi;
  • Adliya vazirligi;
  • Transport vazirligi;
  • Madaniyat va turizm vazirligi;
  • Mudofaa vazirligi;
  • Energetika vazirligi;
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi;
  • Tashqi ishlar vazirligi;
  • Ichki ishlar vazirligi;
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

20 ta idora tugatilib, vazirlik shtatlari 30 foizgacha qisqartiriladi | Zamon.uz