O'zbekiston

Andijonda ichida bolalar bo‘lgan Damas ag‘darilib ketdi

Holat yuzasidan viloyat IIB maʼlumot berdi.

Andijonda ichida bolalar bo‘lgan Damas ag‘darilib ketdi

 

Bugun, 24-dekabr kuni Andijon tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB maʼlumot berdi.

 

To‘qnashuv soat 17:00 larda Andijon tumani hududidan o‘tgan A-373 Toshkent–O‘sh avtomobil yo‘lining 439-kilometrida yuz bergan.  Cobalt rusumli avtomashina Damas avtomobilining yo‘liga chiqib yuborishi oqibatida Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

 

Avtomashina salonida haydovchi — 2004-yilda tug‘ilgan fuqaro A.O. bilan birga yana 4 nafar bola bo‘lgan. YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yo‘lovchi bolalar ambulator ko‘rikdan o‘tkazilib, uyiga ruxsat berilgan.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan Andijon tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Javohirbek TURSUNOV

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Andijonda ichida bolalar bo‘lgan Damas ag‘darilib ketdi | Zamon.uz