Jahon

Endi “mehmon”ga borish navbati Lukashenkoga

Belarus rahbari Rossiyaga jo‘nab ketdi.

Endi “mehmon”ga borish navbati Lukashenkoga

 

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda "Sputnik Belarus" axborot agentligi.

 

Moskva yaqinidagi shaharchada Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Yuriy Gagarin nomidagi kosmonavtlarni o‘rganish va sinovdan o‘tkazish markaziga tashrif buyuradi. Ayni paytda u yerda Belarusdan koinotga uchish uchun nomzodlar saralanmoqda. Belarus rahbari markaz faoliyati, kosmonavtlarni tanlash va tayyorlash tizimi bilan tanishadi. Shuningdek, koinot sohasida Belarus-Rossiya hamkorligining kelajakdagi istiqbollari haqida suhbat bo‘ladi.

 

Tashrif davomida Lukashenko 26-27 dekabr kunlari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan MDHga aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ham ishtirok etadi. Davlat rahbarlari 2022-yil yakunlarini sarhisob qiladilar, Hamdo‘stlik uchun eng dolzarb sohalarda kelgusi hamkorlik rejalarini muhokama qiladilar.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Endi “mehmon”ga borish navbati Lukashenkoga | Zamon.uz