Jahon

Rossiyami yoki Ukraina ?

Xitoy ikkisidan birini tanlashga qiynalmoqda.

Rossiyami yoki Ukraina ?

 

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi Xitoyni “juda og‘ir ahvolga solib qo‘ydi”, chunki Pekin “do‘stlari orasidan birini tanlashni” istamaydi. Bu haqda Xitoyning Yevropa Ittifoqidagi yangi elchisi Fu Kong maʼlum qildi.

 

"Rossiya ham, Ukraina ham yaxshi do‘stlar, shuning uchun biz do‘stlar o‘rtasida tanlov qilishni xohlamaymiz. Bu bizning pozitsiyamizning boshlang‘ich nuqtasi.Ushbu inqiroz bizni siyosiy nuqtayi nazardan juda qiyin ahvolga solib qo‘ydi”, — dedi u.

 

Shu bilan birga, Fu Ukrainadagi urushni "maxsus operatsiya" deb atagan, chunki "ruslar mojaroni shunday atashgan".

 

Ushbu amaliyot boshlanganidan keyingi ikkinchi kuni XXR raisi Si Szinpin va Prezident Putin o‘rtasida muhim telefon suhbati bo‘lib o‘tdi va muloqot chog‘ida rais tinch yo‘l bilan yechim topish tarafdori ekanini aniq aytdi. Shundan 10 oy o‘tib, faktlar shuni ko‘rsatadiki, Xitoy Rossiyaga harbiy yordam bermayapti.

 

Shu bilan birga, Xitoyning Yevropa Ittifoqidagi elchisi AQSH go‘yoki qurol sotish va Yevropadagi energetika inqirozidan pul ishlash uchun "ushbu inqirozdan manfaatdor” ekanini aytdi.

 

"Biz bilamizki, baʼzi odamlar bu inqirozdan foyda ko‘rmoqda. Ular juda katta miqdordagi qurol-yarog‘larni sotishmoqda. Va aslida, bu inqirozning boshqa taʼsiriga kelsak, biz Yevropa davlatlari boshdan kechirgan energiya inqirozidan kim foyda ko‘rayotganini bilamiz ", — degan Fu Kong.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Rossiyami yoki Ukraina ? | Zamon.uz