O'zbekiston

Jizzaxda er xotinini pichoqlab o‘ldirdi

IIB hodisa sababini ma’lum qildi.

Jizzaxda er xotinini pichoqlab o‘ldirdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida oilaviy janjal sabab bir ayol eri tomonidan pichoqlab o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga viloyat IIB munosabat bildirdi.


Ma’lum bo‘lishicha, 19 dekabr kuni soat 18:00 larda 1972 yilda tug‘ilgan B.I. va turmush o‘rtog‘i N.I.lar o‘rtasida oilaviy kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Janjal vaqtida B.I. qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining o‘ng yelka qismiga urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda 1975 yilda tug‘ilgan N.I. og‘ir tan jarohati olib RSHTYOIMning Jizzax filialida ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan. B.I. prosessual tartibda ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.


Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104- moddasi 3- qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 


Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchi B.I. shu vaqtga qadar spirtli ichimlik iste’mol qiluvchilar va oilaviy janjalkashlar sifatida IIOning profilaktik hisobida turmagan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Jizzaxda er xotinini pichoqlab o‘ldirdi | Zamon.uz