Bugun O‘zbekistonning 4 ta viloyatida yomg‘ir yog‘ishi kutilyapti
Tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

«O‘zgidromet» 26-dekabr kuni soat 20:00 gacha respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, bugun Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, baʼzi joylarda 15 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.








