Eron dronlari bilan maqtandi
Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘iga ko‘ra, eronliklar faqatgina ichki resurslarga tayanib uchuvchisiz qurilmalar yarata olgan.

Eron uchuvchisiz qurilmalari aniqligi va jangovar vazifalarni sifatli bajarishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Muhammad Husayn Bageri maʼlum qildi.
"Bizning uchuvchisiz qurilmalarimiz tizimi aniqliligi, xizmat muddati va jangovar vazifalar bajarishi jihatidan eng yuqori o‘rinda turadi. Respublika qurolli kuchlari uchuvchisiz o‘choqlarni faqat ichki resurslar va o‘z tajribasiga tayanib rivojlantira oldi", — degan general.
Shuningdek, Bageri Rossiyaning Ukrainada Eron dronlaridan foydalanayotgani bo‘yicha G‘arb daʼvolarini psixologik urushning bir qismi deb atagan.
22 dekabr kuni Eron TIV rasmiy vakili Nosir Kanani Vladimir Zelenskiyning AQSH Kongressidagi nutqida Eron haqidagi fikrlarini qoraladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehron nizo tomonlarining hech biriga harbiy texnika yetkazib bermagan.







