O'zbekiston

Farg‘onada Cobalt haydovchisi harbiy xizmatchini qasddan urib yubordi

U harbiylarning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan.

Farg‘onada Cobalt haydovchisi harbiy xizmatchini qasddan urib yubordi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida nomaʼlum shaxs harbiy xizmatchini avtomashinada urib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Holatga viloyat prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, I.M. Cobalt rusumli avtomashinasida “Toshtepa” ko‘chasida joylashgan chegara qo‘riqlash postiga yaqinlashganda ushbu postda xizmat olib borayotgan muddatli xarbiy xizmatchi D.O‘.ning to‘xtash haqidagi ishorasiga bo‘ysunmasdan, o‘tib ketgan. So‘ngra D.O‘. darhol ratsiya aloqa vositasi orqali o‘zidan 200 metr uzoqlikda xizmat vazifasini olib borayotgan harbiy xizmatchi oddiy askar A.T. Cobalt avtomashinasi uning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan chegara postini buzib o‘tganligi haqida xabar bergan.

 

Oddiy askar A.T. esa ushbu transport vositasini to‘xtatish uchun unga to‘xtash ishorasini bergan. I.M. harbiy xizmatchi A.T.ning qanday shaklda bo‘lmasin o‘zining xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilish maqsadida unga qarab harakatlanib borgan va mashinaning old qismi bilan uni qasddan urib yuborgan. Shundan so‘ng u hodisa joyidan qochib yashiringan.

 

Oddiy askar A.T. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.M.ga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Farg‘onada Cobalt haydovchisi harbiy xizmatchini qasddan urib yubordi | Zamon.uz