14 tumanda mahalla byudjeti shakllantiriladi
Bu huquqiy eksperiment tarzida o‘tkazilmoqda.

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan va soliqlarni undirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan tumanlarda “Mahalla byudjeti” tizimi huquqiy eksperiment tariqasida joriy etiladi.
Mazkur tumanlarda mol-mulk va yer solig‘i (noturar joylar bo‘yicha mol-mulk va yer solig‘i bundan mustasno) bo‘yicha undirilgan mablag‘larning 10 foizi hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha tuman byudjetlari orqali tegishli Jamg‘armalarga yo‘naltiriladi.
2023-yil 1-martgacha mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan, to‘langan mablag‘lar va soliq qarzdorliklari to‘g‘risidagi maʼlumotlardan mahallalar real vaqt rejimida foydalanishi imkoniyati yaratiladi.
“Mahalla byudjeti” tizimi asosida shakllantirilgan mablag‘lar “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan boshqariladi.







