O'zbekiston

Andijon shahrining sobiq hokimi 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Kecha u va boshqa mansabdorlarga nisbatan sud hukmi eʼlon qilindi.

Andijon shahrining sobiq hokimi 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

 

Kecha, 26-dekabr kuni Farg‘ona viloyat sudi binosida sobiq Andijon shahar hokimi B. Haydarov va yana 44 nafar sudlanuvchiga nisbatan sud hukmi eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ushbu jinoyat ishi Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati sudyasi A. Utayev raisligida hamda sudyalar O. Arabov va Sh. Sherkulovdan iborat sud tarkibda birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, B. Xaydarov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismining “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi hamda 61-moddasi tartibida tayinlangan jazoga jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tuman sudining 2022 yil 13 dekabrdagi hukmi bilan tayinlangan jazo to‘liq qo‘shilib, 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va  bazaviy hisoblash miqdorining 350 baravari, yaʼni 85 750 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

 

S. Yulchiyeva Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. S. Yulchiyevaga Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining hukmi bilan tayinlangan 3 yil muayyan huquqdan mahrum qilish va 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosining o‘talgan 9 oy 10 kun muayyan huquqdan mahrum qilish va 9 oy 3 kun axloq tuzatish (3 oy 3 kun uy qamog‘ida o‘tirgan muddati o‘talgan hisobidan qo‘shiladi) ishlari jazosi, tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 2 yil 2 oy 20 kun mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 7 yil 11 oy 26 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘tash uchun qoldirildi.

 

K. Asqarov  Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 10 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

F. Mullajanov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil  mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Sh. Xashimov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil  mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Qolgan 40 nafar sudlanuvchi sodir qilgan jinoiy harakatlari doirasida tegishliligi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 167, 168, 205, 207, 208, 209, 211, 28,211, 228 va 243 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga 4 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2 yilgacha ozodlikni cheklash hamda 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish jazolari tayinlandi.

 

Jinoyat oqibatida yetkazilgan 63 mlrd so‘mdan ziyod miqdoridagi moddiy zararning 16 mlrd so‘mdan ortig‘i qoplangan bo‘lib, zararning qolgan qismini sudlanuvchilardan solidar tartibda undirish belgilandi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Andijon shahrining sobiq hokimi 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi | Zamon.uz