Endi ko‘pchilik Rossiya neftisiz qoladi
Putin yana bir jiddiy farmonni imzoladi

Putin Rossiya neftiga qo‘yilgan chegara narxlarga javob choralarini eʼlon qildi. Bu bo‘yicha prezident maxsus farmonni imzoladi.
Rossiya Federatsiyasidan neft va neft mahsulotlarini yetkazib berishni taqiqlash 2023 yil 1 fevraldan kuchga kiradi. U 2023 yil 1 iyulgacha amal qiladi.
Endi shartnomalarda narxlarning yuqori chegarasini belgilagan shaxslarga mahsulot yetkazib berish taqiqlandi. Agar shartnomada chegara narxlarni qo‘llash mexanizmi qayd etilgan bo‘lsa, xorijiy xaridorlarga neft yetkazib berish ham taqiqlanadi.
Rossiyaning neft va neft mahsulotlariga nisbatan narx chegarasini joriy qilgan mamlakatlarga yetkazib berish faqat Putinning maxsus qarori asosida amalga oshiriladi.
Rossiya neftiga narxlarning yuqori chegarasini joriy etishga javob choralari to‘g‘risidagi farmoniga rioya etilishini nazorat qilish Energetika vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.








