O'zbekiston

Bayram kunlari energiya resurslari uzilmasligi uchun zarur choralar ko‘riladi — vazirlik

Energetika vazirligi tizimda faoliyat yuritayotgan barcha korxonalar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi

Bayram kunlari energiya resurslari uzilmasligi uchun zarur choralar ko‘riladi — vazirlik

 

Energetika vazirligida tizimda faoliyat yuritayotgan barcha korxonalar rahbarlari ishtirokida bayram kunlari isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Yig‘ilishda Yangi yil bayrami kunlari isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash bo‘yicha har bir korxonalarga zarur chora-tadbirlar belgilab berildi va unga asosan quyidagi ishlar amalga oshiriladi.

 

Birinchi navbatda, neft-gaz va ko‘mirni qazib chiqarish, elektr energiyasi hamda neft mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha korxonalarda maxsus shtablar tashkil etildi.

 

Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalar va markazlar barqaror ishlashini taʼminlash uchun kuniga o‘rtacha 47-48 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi. Shuningdek, stansiyalar uchun 70 ming tonna mazut va 230 ming tonna ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasi yaratildi.

 

Hududlardagi barcha ko‘mir omborlariga ko‘mir mahsulotini uzluksiz yetkazib berilishi taʼminlanadi.

 

Bayram kunlari isteʼmolchilarga kuniga o‘rtacha 155 mln kub metr tabiiy gaz, 2 ming tonna suyultirilgan gaz, 5000 tonna avtobenzin, 5000 tonna ko‘mir hamda 235 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berilishi taʼminlanadi.

 

Taʼkidlash kerakki, bayram kunlari, jumladan, yangi yil bayramida elektr energiyasiga bo‘lgan talab sezilarli darajada pasayadi. Chunki taʼlim muassasalari va bir qator ishlab chiqarish korxonalari o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtadi. Shu munosabat bilan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining asosiy qismi aholiga va ayrim ijtimoiy soha obyektlariga yo‘naltiriladi.

 

Agar, tarmoqlarda nosozlik holatlari yuzaga keladigan bo‘lsa, hududlar bo‘ylab elektr va gaz taʼminoti korxonalarida tunu kun ishlaydigan 1200 dan ortiq maxsus brigadalar tashkil etilgan bo‘lib, ular muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etilishini taʼminlaydilar.

 

Bu borada isteʼmolchilar elektr energiyasi taʼminoti yuzasidan 1154 qisqa raqami yoki Telegram‘dagi (@HETadmin) administratorga, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti yuzasidan 1104, 104 telefonlari yoki Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhga hamda ko‘mir taʼminoti yuzasidan 78-148-30-03, 71-244-38-28 telefon raqamlari va @Uzbekcoaluzbot telegram botga murojaat qilishlari mumkin.

 

Qayd etish kerak, bayram kunlarida aholi isteʼmolchilar elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik uchun tarmoqdan ajratilmaydi. Eslatib o‘tamiz, isteʼmolchilar ushbu resurslar uchun bayram kunlari ham onlayn ravishda to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

 

Shu o‘rinda isteʼmolchilardan elektr qurilmalari va isitish moslamalariga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini, ushbu qurilmalardan foydalanilmayotgan vaqtlarda tarmoqdan ajratib qo‘yishlarini, elektr va gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga, shuningdek, is gazidan zaharlanishni oldini olish yuzasidan berilayotgan tavsiyalarga qatʼiy rioya qilishlarini so‘raymiz.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bayram kunlari energiya resurslari uzilmasligi uchun zarur choralar ko‘riladi — vazirlik | Zamon.uz