Eron prezidenti mamlakatdagi norozilik namoyishlarida AQSHni aybladi
16-sentyabr kuni Mahsa Aminiyning o‘limidan so‘ng Eronning ko‘plab shaharlarida namoyishlar avj oldi.

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy AQSHni mamlakatdagi norozili namoyishlarini kuchayishida aybladi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar berdi.
“Yaqinda yuz bergan hodisalar partiyalar va siyosiy harakatlar urushi edi. Ular ko‘chaga chiqib, turli mish-mishlarni tarqatgan, ularning maqsadi odamlarning umidini so‘ndirish edi”, – degan u.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb shu tariqa Eron jamiyatining asoslariga zarba bermoqchi.
Eronda 16 sentyabrda norozilik namoyishlari boshlangan. Bunga Mahsa Aminiyning o‘limi sabab bo‘lgan. norozilik namoyishlari bir necha oy davom etdi. Yuzlab odamlar halok bo‘lgan.
Avvalroq Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Xomanaiy namoyishchilarni terrorchilarga tenglashtirgandi.







