O'zbekiston

Ittifoqchilik, savdo, transport:  Qosim-Jo‘mart To‘qayevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari muhokama qilindi

27 dekabr kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston va Qozog‘iston. Strategik sheriklik va ittifoqchilikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Ittifoqchilik, savdo, transport:  Qosim-Jo‘mart To‘qayevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari muhokama qilindi

 

O‘zbekiston tashqi siyosatida Markaziy Osiyo ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Qozog‘iston bilan hamkorlik esa Respublikaning mintaqa diplomatiyasida katta o‘rin egallaydi.

 

So‘nggi yillarda Toshkent va Ostona o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib bormoqda. O‘tgan haftada Qosim-Jo‘mart Toqayevning mamlakatimizga davlat tashrifi buni yana bir marta isbotladi.

 

27 dekabr kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston va Qozog‘iston. Strategik sheriklik va ittifoqchilikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ikki davlat munosabatlari istiqbollari, o‘tgan haftadagi tashrif yakunlari va boshqa masalalar muhokama qilindi.

 

Tadbirda so‘zga chiqqan Prezident huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ikki davlat munosabatlari ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilganiga eʼtibor qaratdi. Shuni alohida qayd etish lozimki, aynan O‘zbekiston va Qozog‘iston Markaziy Osiyo davlatlari ichida ilk bor “Ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida shartnoma” imzoladi.

 

Aripov ikki davlatning iqtisodiy aloqalari ham tobora faollashib borayotganini taʼkidladi. O‘zbekistonning mintaqa davlatlari bilan o‘zaro savdosining 60 foizi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keladi. 2017 yildan buyon o‘zaro savdo 2 barobarga ko‘paydi. Biznes doiralar o‘rtasidagi hamkorlik faollashgani ham qayd etildi.

 

Bundan tashqari, Eldor Aripov mintaqaning geografik jihatdan yopiq ekanini, bu transport koridorlarini rivojlantirishni taqozo etayotganini qayd etdi. Bu borada Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi alohida o‘rin tutadi.

 

Hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi energetika hisoblanadi. so‘zga chiqqan aksariyat spikerlar buni tasdiqladi. Xususan, Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamkulov o‘z chiqishida ushbu yo‘nalishga eʼtibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kaspiy dengizi orqali Yevropaga eksport qilinayotgan energetik resurslar bosqichma-bosqich O‘zbekistonga yo‘naltiriladi. Dunyoda kuzatilayotgan energetik inqiroz va uglevodorodlar taqchilligi fonida bu o‘ta muhim ahamiyatga ega.

 

Shuningdek, konferensiyada ikki davlat o‘rtasida madaniy, ilm-fan, ijtimoiy, bundan tashqari, ekspertlar jamiyati o‘rtasidagi aloqalarni yana-da rivojlantirish zarurligi qayd etildi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.