Merkel Ukraina nizosini hal qilishda ishtirok etadimi?
Germaniya sobiq kansleri bu masalaga oydinlik kiritdi.

Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel Ukraina mojarosini hal qilishda ishtirok etmasligini maʼlum qildi. Bu haqda u Sette nashriga bergan intervyusida maʼlum qilgan.
“Bu masala ko‘rib chiqilmayapti. Baribir qachondir hammasi muzokaralar bilan tugaydi. Urush muzokaralar stolida yakunlanadi. Ammo majburan o‘tkazilgan tinchlik va ochiq do‘stona muloqot o‘rtasida farq bor.Boshqa hech narsa qo‘shimcha qilolmayman”, – degan sobiq kansler.
Merkel o‘zining Rossiya va Ukrainaga nisbatan siyosatini izohlar ekan, mantiqqa asoslanib qaror qabul qilganini taʼkidlagan. U hamon bu harakatlarini oqilona deb hisoblashini aytgan.
Siyosatchi urushning oldini olishga harakat qilganini ham qayd etgan.







